English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amudaryoning qo‘li gul tikuvchilari
18:17 / 2014-12-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasida hunarmandlik asosidagi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib aholi bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan ishbilarmon ayollar ko‘p.


Qoraqalpog‘iston Respublikasida hunarmandlik asosidagi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib aholi bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan ishbilarmon ayollar ko‘p. 

Amudaryolik Tamara Yusupova tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, 2009-yili “Tamara-Feruza” xususiy korxonasini tashkil etdi. Tikuvchilikka ixtisoslashgan ushbu korxonada ayollar hamda bolalar uchun milliy va zamonaviy liboslar tayyorlanmoqda. Ish bilan ta’minlangan o‘nga yaqin xotin-qizning aksariyati kollej bitiruvchilaridir.