Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amudaryo tumanida 422 xonadon toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlandi
12:10 / 2016-09-16

Amudaryo tumanining “Bo‘zyop” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yarimchi” suv taqsimlash stansiyasi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 25-yilligida amalga oshirilgan bu xayrli ish natijasida hududdagi 422 xonadon toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlandi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 1 million 152 ming dollar miqdorida moliyalashtirilgan mazkur loyiha bo‘yicha keng ko‘lamdagi qurilish-ta’mirlash ishlari tumandagi “2-ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.

– Aholining ichimlik suvga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirilgan ushbu loyihani bajarishni o‘tgan yilning aprel oyida boshlagan edik, – deydi qurilish uchastkasi boshlig‘i G‘afurjon Ro‘ziyev. – Qisqa vaqt davomida nasos stansiyasi binosini rekonstruksiya qilish barobarida 21 kilometr uzunlikdagi o‘rta bosimdagi hamda xonadonlarga boradigan 11,7 kilometr uzunlikdagi suv tarmoqlari tortildi.

Rekonstruksiya ishlaridan so‘ng butunlay yangicha qiyofa kasb etgan suv taqsimlash stansiyasiga zamonaviy nasoslar o‘rnatildi.

Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan dastur asosida Xo‘jayli, Kegeyli, Shumanay va Beruniy tumanlarida ham shu kabi suv taqsimlash stansiyalarini rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari izchil olib borilmoqda.