French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amputantlar futboli. Yigitlarimiz ilk bor o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarida qatnashadi
17:08 / 2022-03-04

“Matonat”, “Baynalminal” nomlari bilan dunyoga mashhur nogiron-amputantlar terma jamoamiz 5-9 mart kunlari Eron davlatining Kesh shahrida ilk bor tashkillashtirilayotgan Jahon chempionati saralash o‘yinlarida ishtirok etish uchun bugun safarga otlandi.

Terma jamoamiz saralash musobaqasining “G‘arb” mintaqasida Eron, Iroq, Falastin, Suriya va Hindiston termalariga qarshi kurash olib boradi. Musobaqaning “Sharq” mintaqasida esa Bangladesh (mezbon), Indoneziya, Nepal, Malayziya va Yaponiya termalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Muvaffaqiyat qozongan beshta jamoa (“G‘arb”dan uchta, “Sharq”dan ikkita) 1-9 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Jahon chempionati 2018 yili Meksikada o‘tgan. Besh karra Jahon chempioni O‘zbekiston termasi qatnashmagan musobaqada angolaliklar bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan.

Saralash o‘yinlari taqvimi:

6 mart
Eron – Hindiston
Falastin – Iroq
O‘zbekiston – Hindiston
Eron – Falastin

7 mart
O‘zbekiston – Falastin
Eron – Iroq

8 mart
Hindiston – Falastin
Iroq – O‘zbekiston
Iroq – Hindiston
Eron – O‘zbekiston.

Terma jamoamiz delegatsiyasi:

Futbolchilar: Aziz Abdurahmonov, Azizjon Azimov, Haydarali Tursunboyev, Zafar Nosirov, Qudrat Xudoyqulov, Bekzod Hakimov, Qudrat To‘raxo‘jayev, Nuritdin Tursunov, Qudrat Sattorov, Umidjon Sirojiddinov, Umidjon Abduxalilov
O‘ynovchi murabbiy: Abdujamil Shukurov 
Hakam: Zohidxo‘ja Toshxo‘jayev
Shifokor va jamoa boshlig‘i: Rustam Mehmonov
Faxriy vakil: Baxtiyor Rajabov
Delegatsiya rahbari: Ravshan Mehmonov.

Oybek YUNUSOV, O‘zA