Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amputant futbolchilarning yutuqlari munosib e’tirof etildi
19:40 / 2025-12-31

Jizzax viloyatida amputantlar futboli so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Viloyat sharafini himoya qilayotgan amputant futbolchilar nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro maydonlarda ham munosib natijalarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi safida Jahon va Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Ana shu yutuqlarning munosib e’tirofi sifatida Yangi yil bayrami arafasida Jizzax viloyati hokimligi tomonidan amputant futbolchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi ijrochi direktori Akmal Ahmedov hamda Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Yuldashevlar ishtirok etishdi.

Marosimda so‘zga chiqqanlar amputant futbolchilarning irodasi, matonati va sportga bo‘lgan sadoqatini alohida ta’kidlab, ularning yutuqlari yoshlar uchun ibrat maktabi ekanini qayd etdi.  

Taqdirlash marosimi yakunida yuqori natijalarga erishgan sportchilarga pul mukofotlari topshirildi. Bu esa futbolchilarga yanada kuch-g‘ayrat, yangi marralarni zabt etish uchun rag‘bat bag‘ishladi.

Aytish joizki, viloyatda amputantlar sportini qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va iqtidorli sportchilarni aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu esa kelgusida Jizzax viloyati amputant futbolchilarining xalqaro musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishishiga mustahkam zamin yaratadi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari