Joriy yilning 7–16 noyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida amputantlar futboli bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati uchun Osiyo saralash bosqichi o‘tkazildi.
Unda qit’amizning 9 ta terma jamoasi ishtirok etdi. Quvonarlisi, mazkur mundial saralashining “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Malayziya, Yaman va Bangladesh terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan holda 9 ochkoga ega bo‘ldi. Guruh peshqadami sifatida jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Mazkur yo‘llanmaga ega chiqqan terma jamoamizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari va sportchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib oldi.
[gallery-26352]
Ma’lumot o‘rnida: 2026 yilning 31 iyulidan 6 avgust kuniga qadar amputantlar terma jamoasi Kosta-Rikada o‘tadigan jahon chempionatida o‘zaro bahs olib boradi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ccLkK5EPeBU" title="Amputant futbolchilarimiz munosib kutib olindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Javohir Toshxo‘jayev,
Oybek Davronov (video), Asliddin Alijonov (surat), O‘zA