Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amirxon Sodiqov Olimpiya o‘yinlarida keyingi bosqichga chiqdi
16:42 / 2024-07-31

«Parij-2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarining kamondan otish bahslari yakkalik dasturida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Amirxon Sodiqov 1/32 final bosqichida ishtirok etdi.

Amirxon ushbu bosqichda argentinalik Mario Damianga qarshi bahs olib boriib, 6:2 natija bilan g‘alaba qozondi. Endi A.Sodiqov bugun musobaqaning 1/16 final bosqichida italiyalik Mauro Nespoli va bangladeshlik Sagor MD Islam juftligi g‘olibi bilan raqobatlashadi.  

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz saralash bosqichida 674 ochko bilan 13-o‘rinni egallagan. Bir necha soatdan so‘ng, ayollar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha 1/32 final bosqichi bellashuvlarida hamyurtimiz Ziyodaxon Abdusattorova chexiyalik Mari Xorachkova bilan bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA