Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Amirsoy” yo‘lida transport harakati tiklandi
17:12 / 2022-03-15

Avval xabar berilganidek, "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi avtomobil yo‘lida me’yoridan ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishi natijasida sodir bo‘lgan tuproq ko‘chishi bartaraf etildi.

Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Tyan-Shan” tog‘-tizmasining “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘lning 34-piketida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yerning loy holatiga kelishi va ko‘chish hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan hududda aholi yashash punkti, dam olish va boshqa ob’ektlar joylashmagan va ko‘chki oqibatida hech kimga moddiy zarar yetmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatining 2022 yil 11 mart kunidagi “Shoshilinch” axborotida 11-15 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel kelish xavfi to‘g‘risida va ehtiyot choralarini ko‘rish haqida ogohlantirish berilgan edi.

Hodisa oqibatlari tuman hokimligi, FVB, YHXB hamda tuman “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalaridan foydalangan holda bartaraf etildi.

Ayni paytda mazkur hududda transport vositalarining harakati tiklandi.

A.Musayev,O‘zA