“Amirsoy” dam olish maskaniga sayohat
Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” doirasida Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Toshkent shahridagi kam ta’minlangan oila farzandlari qamrab olindi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar uchun qiziqarli mutolaa mashg‘ulotlari, bilimdonlar bellashuvlari tashkil etildi.

Shu bilan birga, sardorlar tomonidan tayyorlangan “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “UzChess”, “Ustoz AI” loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Dolzarb 90 kun” doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi loyihalar bolalarning iste’dodini kashf etish, ularni rag‘batlantirish va vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim o‘rin tutmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA