Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amirliklarga qarashli yuk kemasi Eron sohilida halokatga uchradi
15:25 / 2022-03-17

Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyasiga qarashli yuk kemasi fors ko‘rfazidagi Eron sohiliga yaqin joyda halokatga uchradi. Ayni paytda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Kemada 30 kishi borligi aytilmoqda.

IRNA agentligi Eronning Busher viloyati port va kemachilik boshqarmasiga tayanib yozishicha, "Amirliklarga qarashli yuk kema transport vositalarini olib kelayotgan bo‘lgan va Assaluyedan 48 kilometr uzoqlikda bundan bir necha soat avval cho‘kib ketgan. 30 kishidan iborat ekipaj a’zolarini qutqarish ishlari boshlab yuborilgan", – dedi mazkur boshqarma xodimi Xo‘jat Xisraviy.  

Taxmin qilinishicha, falokat noqulay ob-havo sababli sodir bo‘lgan. Kemani qutqarish uchun jo‘natilgan boshqa kema ham halokatga uchragan. Hokimiyat odamlarni qutqarish uchun vertolyot so‘ramoqda, deyiladi xabarda.