Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur tuzgan qudratli imperiya – uning siyosiy va diplomatik faoliyati qanday edi?
14:42 / 2022-04-09

Hozirda Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Ushbu kun munosabati bilan Amir Temurning saltanat boshqaruvidagi siyosiy, diplomatik faoliyati bilan bog‘liq qimmatli manbalarni havola qilamiz.

O‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishiga Amir Temur qo‘shgan buyuk hissa, uning siyosiy, diplomatik faoliyati bilan bog‘liq. Vatanimiz tarixining ikkinchi Renessansi Amir Temur va temuriylar davriga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda Sohibqiron markazlashgan davlat tizimini yaratdi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, fan va madaniyat ravnaqiga juda katta e’tibor qaratdi. Natijada shaharsozlik, me’morchilik, ilm-fan, madaniyat va san’at sohalari jadal rivojlandi. Xalqaro savdo va diplomatik aloqalar faollashdi. Boshqacha aytganda, o‘lka dunyoning eng buyuk siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi.

Amir Temur iqtisodiyotni har qanday saltanat poydevori, deb tushungan. Bu bilan Temur davlatning yashashi va ijtimoiy rivoji uchun, avvalo, iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Temur mehnatning yaratuvchanlik faoliyatini nazarda tutib, uni ijtimoiy qadriyat, deb tushunadi. Amir Temur iqtisodiy tamoyillari tizimida moliya masalalariga katta e’tibor bergan. Chunki, moliya Temur nazarida davlatning iqtisodiy tayanchi hisoblangan.

Temurning siyosiy-huquqiy qarashlari uning axloqiy qarashlari bilan asoslanadi va diniy axloq ustiga quriladi. Shuning uchun ham Temur nazarida har qanday siyosatning muvaffaqiyati podshohning o‘z fuqarolariga bo‘lgan rahmdilligi, saxovatidadir.

Temurning siyosiy tamoyili markazida inson turadi.

Temur o‘z davrida saltanat manfaatini xalq manfaatiga bo‘ysundira olgan davlat rahbari edi.  U o‘z saltanati siyosatini tasavvuf asosiga qurgan Temur adolat bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqni quruq qonun-qoidaga emas, balki insoniy tartib-intizomga bo‘ysunishga chaqirgan. Chunki Temur insoniy tartib-intizomga ilohiy tus berib, uni muqaddas deb biladi va shuning uchun ham yomonlikni maqsad qilgan kishilarni jilovlovchi va yaxshilik yo‘lida jafo chekuvchilarni quvvatlovchi har qanday podsho va hokimga bo‘ysunish kerak, deb hisoblaydi.

Amir Temur dasturi va siyosiy-huquqiy qarashlarida mukammal jamiyatni orzu qilishdan ko‘ra, ko‘proq uni amalga oshirish hamda uning mas’uliyatini o‘z zimmasiga olish yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun ham Amir Temurning davlat arbobi, sarkarda va mutaffakkir sifatidagi o‘ziga xos tomoni shundaki, u o‘zi hukmronlik qilgan saltanat (imperiya) timsolida mukammal jamiyatni qurdi va uni har tomonlama mustahkamlashga harakat qildi.

Amir Temur siyosiy ta’limotining muhim jihati jamiyatni boshqarishda qonunning ustuvorligi, qonunchilik masalasidir. Temur saltanatini boshqarishning asosiy sharti, qonunning hamma a’mollardan ustunligini tan olish va uning asosiy qoidalarini yaratishdan iborat bo‘ldi. «Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi», degan gaplarini tarix sahifalariga zarvaraqlar bilan yozdirgan edi.

O‘zA