Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Amir Temur izdoshlari” tanlovi o‘tkazildi
12:24 / 2026-01-23

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan harbiy qismlarda o‘z xizmatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Amir Temur izdoshlari” tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki bosqichda ishtirokchilar “Temur tuzuklari”, Amir Temur hayoti bo‘yicha test savollari va og‘zaki savol-javoblar bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etishdi.  

Keyingi shartda harbiylar Amir Temur haqida  o‘z fikrlarini aniq, qisqa va ta’sirchan yetkazishi kerak bo‘ldi. Bu bosqichda ishtirokchilarning tahlil qobiliyati, odamlarni ortidan ergashtira olish mahorati baholandi. Uchinchi shartning chaqqonlik va aniqlik sinovida esa ishtirokchilar kamondan o‘q otish,  pichoq uloqtirish bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. To‘rtinchi shart ot sporti bo‘yicha o‘tkazildi.

—Sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur bellashuvda harbiylar o‘zlarining intellektual bilimi va sport ko‘nikmalari namoyish etgan holda bir qator shartlar bo‘yicha bellashishdi. Tanlov qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi, — deydi harbiy xizmatchi Orifjon Shukurov.

Faxrli birinchi o‘rinni egallagan g‘olib tanlovning mamlakatimiz bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri