Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 iyunida “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Konsepsiyada belgilangan tadbirlar 5 bosqichda amalga oshiriladi:
Birincha bosqich (3–7 yosh), ikkinchi bosqich (7–10 yosh), uchinchi bosqich (11–17 yosh), to‘rtinchi bosqich (18–21 yosh), beshinchi bosqich (22–30 yosh).
Qarorga ko‘ra, mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari tashkil etiladi.
“Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Yoshlar o‘rtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) “Shunqorlar” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA