Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Amir Temur izdoshlari” harbiy-vatanparvarlik spartakiadasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
17:51 / 2024-01-06

Mamlakatimizda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Amir Temur izdoshlari” harbiy-vatanparvarlik spartakiadasining o‘tkazib kelinayotgani yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yildan yilga kengayib borayotganining yorqin ifodasi bo‘lmoqda.

Yoshlar siyosati va sport vazirligida tegishli tashkilot va davlat qo‘mitalari, daxldor idora vakillari ishtirokida mazkur spartakiadani joriy yilda ham yuqori saviyada o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasi sanaladi. 

Shu bois “Amir Temur izdoshlari” harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi tizimidagi “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi, “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovi, “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi, “To‘maris izdoshlari” tanlovi hamda “Shunqorlar” mucobaqasining “maktab – tuman (shahar) – viloyat – respublika” bosqichlarini har jihatdan yuqori darajada uyushtirish darkor. 

Aytish lozim, o‘tgan yili mazkur spartakiada doirasidagi tadbirlar tufayli mamlakatimizning 1 millionga yaqin yoshlari qamrab olingandi. Yig‘ilish yakunida ushbu raqamlarni nafaqat son, balki sifat jihatdan ham oshirish muhimligi ta’kidlandi. 

T. Ro‘ziyev, O‘zA