Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikaning “Novavax” kompaniyasi COVID-19 vaksinasi sinov natijalarini maʼlum qildi
18:23 / 2020-08-05

Merilend shtatidagi uncha taniqli boʻlmagan “Novavax” kompaniyasi vaksinani ishlab chiqish uchun AQSH federal hukumatidan 1,6 milliard dollar olgan.


AQSHdagi “Novavax” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi qoʻllanishi ehtimoli mavjud boʻlgan vaksina ikki bor muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgani haqida xabar berildi. Bu haqda “RIA Novosti” maʼlum qilgan.

Tadqiqotlarning birida ishtirok etgan 56 nafar koʻngillida xavfli asoratlar namoyon etmagan, virusga qarshi yuqori darajada kurashuvchanlik xususiyatiga ega aksil tanachalar paydo boʻlgan. Ikkinchi tadqiqot davomida esa izlanuvchilar vaksina tajribadan oʻtayotgan mijozlarni koronavirus yuqishidan himoya qilishini aniqladilar.

Merilend shtatidagi uncha taniqli boʻlmagan “Novavax” kompaniyasi vaksinani ishlab chiqish uchun AQSH federal hukumatidan 1,6 milliard dollar olgan. Amerika hukumati vaksina yaratishi mumkin boʻlgan boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ham kelishuvlar olib borib, shartnomalar tuzmoqda.

“Novavax” sinovlarining muvaffaqiyati tasdiqlangan taqdirda kompaniya vaksinani qachon ishlab chiqara boshlashi mumkinligi bilan bogʻliq sana aniq aytilmagan.