Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikaning moliya xoldingi Oʻzbekistonga ilk bor kredit ajratadi
10:47 / 2019-08-09

Amerikaning “JPMorgan Chase Bank” moliya xoldingi Oʻzbekistonda polirovkalangan float-shishalari ishlab chiqarish buyicha zavod qurilishini moliyalashtiradi.


Amerikaning “JPMorgan Chase Bank” moliya xoldingi Oʻzbekistonda polirovkalangan float-shishalari ishlab chiqarish buyicha zavod qurilishini moliyalashtiradi. 

Xoldingning Moskva shahridagi filialida joriy yil 8-avgust kuni “JPMorgan Chase Bank” moliya xoldingi (AQSH) va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki oʻrtasida xalqaro darajadagi eksport-kredit kelishuvini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda “JPMorgan Chase Bank” va “Asaka” bankining masʼul xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. 

Imzolangan kelishuv bahosi 36,4 million Yevroni tashkil etadi. Ushbu mablagʻ Xitoyning “Sinosure” eksport-kredit agentligi sugʻurta qoplami asosida 7 yil muddatda toʻlab boriladi. Kelishuvga muvofik, Fargʻona viloyati Quvasoy shahridagi “Kvars” AJ da energiya tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda polirovkalangan float-shishalari ishlab chiqarish loyihasi moliyalashtiriladi. 

Zavodda bir kecha-kunduzda 400 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Texnologik uskunalarni Xitoyning “Shanghai Pony Technologies” kompaniyasi yetkazib beradi. Mutaxassislarning fikricha, loyihaning amalga oshirilishi 300 ta yangi ish oʻrni yaratish bilan birga, mahalliy bozorni kelgusida eksportga yoʻnaltirilgan sifatli mahsulot bilan taʼminlash imkonini ham beradi.

Taʼkidlash joizki, Amerikaning “JPMorgan Chase Bank” moliya xoldingi Oʻzbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ilk bor kredit liniyasini ajratmoqda.

“Asaka bank” matbuot xizmati