Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikaliklar Saudiya Arabistoni hududida qo‘shimcha harbiy bazalar qurishni rejalashtirmoqda
10:55 / 2021-01-27

Eron bilan keskin munosabat muhitida amerikaliklar Saudiya Arabistoni hududida qo‘shimcha harbiy bazalar qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

“Associated Press” xabariga ko‘ra, AQSH bu maqsadda Qizil dengiz sohilidagi Yanbu porti va podshohlikning Tabuk va Taif aerodromlari imkoniyatini o‘rganmoqda.

“Bu oqilona harbiy rejalashtirish”, dedi AQSH qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakili Bill Urban va o‘z so‘ziga mazkur harakatlar AQSHning mintaqadagi rolini oshirishga qaratilmaganini qo‘shimcha qildi.

Xabarda AQSH bosh qo‘mondonligi rahbari Frenk Makkenzi Yanbu portiga kelgani aytilgan.