Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikaliklar 100 kun ichida 200 million doza vaksina bilan ta’minlandi
12:00 / 2021-04-22

AQSH prezidenti Jo Bayden amerikaliklar 100 kun ichida 200 million doza vaksina bilan ta’minlanganini ma’lum qildi.

"Bugun biz buni uddaladik, prezidentligimning 92 kunida 200 million doza vaksina ishlab chiqarilishiga erishdik, hatto 100 kundan ham oz", - dedi Bayden koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha chiqish qilib.

U shuningdek, jadal sur’atda olib borilayotgan emlash jarayoni o‘n minglab amerikaliklarning hayotini saqlab qolishga yordam berganini ham qo‘shimcha qildi.

AQSH COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holati soni bo‘yicha dunyoda eng oldingi o‘rinda bormoqda. Pandemiya boshlangandan buyon mamlakatda 31,7 million kishi koronavirusga chalingan, 568 ming kishi infeksiya  qurboni bo‘ldi.