Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik shifokorlar bilan hamkorlikda bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi
14:05 / 2023-09-07

Avval xabar berganimizdek poytaxtimizda muhim tadbir – O‘zbekiston – AQSH sog‘liqni saqlash haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumki, AQSH sog‘liqni saqlash tizimi jahon tibbiyoti avangard hisoblanadi. Xirurgiya xususan, kardiojarrohlik yo‘nalishi amerikalik mutaxassislar dunyoga namuna bo‘la oladi. Shubhasiz o‘zbek shifokorlari Qo‘shma Shtatlari tajribalarini o‘zlashtirib, ularni amaliyotga tatbiq etishi soha rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Amerika sog‘liqni saqlash haftaligi ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.  

Haftalik davomida AQSHning yetuk mutaxassislari Bolalar milliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi. Muassasaga AQSHning nufuzli Tennessi universitetidan tashrif buyurgan kardioxirurg, reanimatolog, anesteziolog kabi mutaxassislikdagi 18 nafar amerikalik shifokorlar markaz mutaxassislari bilan hamkorlikda jarrohlik amaliyotlari va mahorat darslari o‘tkazmoqda. Hozirgi kunda Bolalar milliy tibbiyot markazida bolalar kardioxirurgiyasi yo‘nalishida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Xususan, kichik bemorlarda oddiy tugʻma yurak nuqsoni kasalliklari tig‘ tekkizmasdan tomir orqali kirib borib bartaraf etilmoqda. AQSHlik mutaxassislar bilan hamkorlikda bu usullarda murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlariga ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.  

O‘zbek va amerikalik mutaxassislar tomonidan Bolalar milliy tibbiyot markazida 25 nafar yurak xastaligigan aziyat chekayotgan bolajonlarda yuqori texnologiyali amaliyotlar o‘tkaziladi. Ular orasida endigina bir oylik bo‘lgan go‘daklar ham bor. Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bolalar kardioxirurgiya yo‘nalishida ilg‘or Amerika standartlarini joriy etish, hamkorlik qilishdir. Hafta yakunida Nukusda ham ana shunday amaliyotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.    

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA