English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik qo‘shinlarning bir qismi Fors ko‘rfazini tark etadi
09:42 / 2021-04-02

AQSH prezidenti Jo Bayden Pentagonga Fors ko‘rfazidagi amerikalik qo‘shinlarning bir qismini olib chiqishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.

“Interfax.ru”ning “The Wall Street Journal” gazetasi ma’lumoti bilan asoslagan xabariga ko‘ra, jumladan, harbiy texnika, aviatashuvchilar va kuzatuv tizimlari harbiy ehtiyoj tufayli dunyoning boshqa joylariga ko‘chiriladi.

“Bu mintaqadagi minglab harbiylarning chiqib ketishini anglatadi”, deb yozadi “The Wall Street Journal”. Ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili mazkur mintaqadagi amerikalik harbiylarning miqdori 50 ming atrofida ekani aytilgan.