French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik olimlar yangi ekzosayyorani aniqladi
17:27 / 2025-11-25

AQSHning Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari sayyoramizdan 18 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan “M” mitti yulduzining yashashga yaroqli qismida yangi – super Yerni aniqladi, deb xabar bermoqda “Science Daily” nashri.

Yuqori aniqlikdagi asbob yordamida topilgan sayyora “GJ 251 c” deb nomlandi va u Yerdan bir necha marta kattaligi aytilmoqda

– Biz hozirga qadar shu qadar ko‘p ekzosayyoralarni kashf qildikki, yangisini kashf qilish endi unchalik katta voqea emas, - deydi tadqiqotchilardan biri Pol Roberson. – Biroq mazkur sayyoraning ahamiyati shundaki, uning yulduzi bor-yo‘g‘i 18 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.

Tadqiqot natijalari “The Astronomical Journal” jurnalida chop etilgan.

G.Sattorova, O‘zA