Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik investor O‘zbekiston va Xitoyni jozibador mamlakatlar deb atadi
14:26 / 2024-07-03

Xitoy va O‘zbekiston sarmoya kiritish uchun qulay mamlakatlar, dedi amerikalik investor Jim Rojers “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.

– Dunyoga qarasak, juda ko‘p bozorlar yangi cho‘qqilarga ko‘tarilyapti, – dedi u. – Masalan, men Xitoyga qarayman. O‘zbekiston aksiyalarini sotib olaman, chunki bu yurtda juda katta va ijobiy o‘zgarishlar qilinmoqda.

O‘zi ta’kidlashicha, Rojers gullab-yashnagan bozorlarga sarmoya kiritishni ma’qul ko‘rmaydi.