Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik general: Ukraina mojarosidan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi
15:30 / 2024-10-14

AQSH Ukraina jang maydonida turli imkoniyat va texnologiyadan qanday foydalanishni o‘rganishi muhim, dedi mamlakat fazoviy kuchlari general-mayori Devin Pepper.

– Ukraina fazoviy, kiber va boshqa texnologiyalar hamda akustik imkoniyatdan ilgari qo‘llanmagan, o‘zgacha tarzda foydalanmoqda va biz bundan saboq olib, yangiliklarni o‘z amaliyot rejamizga qo‘shishimiz kerak, – degan u Mitchell Aero-fazoviy tadqiqot institutida. – Shu maqsadda AQSH va NATO hamkorlikda tahlil olib borish uchun allaqachon Polshada maxsus markaz tashkil etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar alyans bilan birga havo mudofaasi va uchuvchisiz samolyot tajribasini ham o‘rganmoqda.