Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik ekspertlar Trampga Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz sammiti tashabbusini taklif qilmoqda
19:13 / 2025-09-26

Tramp Yevroosiyoda AQSH milliy manfaatlarini mustahkamlashi mumkin. Bu haqda “The Diplomat” jurnali tahliliy hisobotida ta’kidlangan.

Bu borada allaqachon dastlabki qadamlar tashlangan: AQSH vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi - bu xalqaro siyosatda muhim yutuq.

Kelishuv doirasida “TRIPP” transport koridori loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Ekspertlar fikricha, yangi marshrut AQSHning strategik ahamiyatga ega Kavkaz mintaqasiga ta’sirini ta’minlaydi.Ta’kidlanishicha, Amerika yetakchiligida barpo etilayotgan “TRIPP”  “O‘rta yo‘lak” – Xitoy chegarasidan Qora dengizgacha bo‘lgan transport arteriyasini rivojlantirishning asosiy elementiga aylanishi mumkin. Bu yo‘nalish Rossiya, Eron va Afg‘onistonni chetlab o‘tib, Markaziy Osiyodan minerallar, energiya resurslari va boshqa tovarlarni eksport qilish uchun muhim ahamiyatga ega. 

Siyosiy tadqiqotchilar fikricha, ushbu muvaffaqiyatlarni mustahkamlash uchun Qo‘shma Shtatlar bu safar Markaziy Osiyoda ikkinchi diplomatik harakatni boshlashi kerak. To‘g‘ri, Rossiya va Xitoy AQSH va Yevropani Markaziy Yevroosiyodan “siqib chiqarishga” intilmoqda. Asosiy savol - Qo‘shma Shtatlar ushbu strategik muhim mintaqada muhim foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashda Xitoy bilan raqobatlasha oladimi?

Maqola muallifining yozishicha, milliy manfaatlarni mustahkamlash va mintaqada jiddiy raqobatchiga aylanish uchun Tramp Markaziy Osiyoga tashrif buyurishi u yerda “C5+1” formatining 10 yilligi munosabati bilan Markaziy Osiyoning barcha besh rahbari ishtirokida sammit o‘tkazishi kerak. Yig‘inga haqiqatan ham keng miqyosli ta’sir ko‘rsatish uchun u Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya yetakchilarini ham taklif qilishi va mintaqadagi muhim foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashda AQSHning ishtirokini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi uzoq muddatli investitsiya strategiyasini taqdim etishi mumkin. 

– Birinchi qadam, muhim minerallar bo‘yicha Tramp AQSHning Yevroosiyo geografiyasidagi strategik o‘rnini qayta ko‘rib chiqishi, so‘ngra Qo‘shma Shtatlarning mintaqaga ta’sirini kuchaytirishga qodir bo‘lgan yillar davomida real sarmoyalarini kiritishidir, -deyiladi maqolada. 

S.Rahimov tayyorladi. 

O‘zA