French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik ekspertlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
17:51 / 2021-07-15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida amerikalik ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida tashkil etilgan tadbirda AQSH Soliq va investitsiyalar bo‘yicha Markaz prezidenti Deniel Uitt, "Xeritej Faundeyshen" tahliliy markazi eksperti Ariel Koen, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

 

Amerikalik ekspertlar AQSH va O‘zbekiston munosabatlari, global iqtisodiy jarayonlar, pandemiya sharoitida dunyo miqyosidagi ijtimoiy-siyosiy voqeliklar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya doirasida tashkil etilgan media-shtabda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xorijlik ekspertlar va OAV vakillari bilan davra suhbatlari tashkillashtirmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA