English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikalik ayol cho‘ntagiga yutuqli lotereya chiptasi solingan kamzulini bilmasdan muhtojlarga hadya qilib yubordi
19:15 / 2025-04-03

Pensilvaniyalik Mildred Simoneriluto vetnamlik faxriylarni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotga kamzulini hadya qilib, endi afsuslanmoqda. Gap shundaki, o‘sha kiyim cho‘ntagida uning 2,5 million dollarlik yutuqli lotereyasi bor edi.

“WTAE” mahalliy telekanali xabar berishicha, Mildred o‘tgan yilni yo‘qolgan lotereya chiptasi uchun qayg‘u chekib o‘tkazgan.

Hokimiyat va lotereya idorasi rahbariyati 76 yoshli ayolga chipta bo‘lmasa, yutuq to‘lashning iloji yo‘qligini aytgan. Omadsiz omadlining o‘zi esa endi ilojsizlikdan yozg‘irib, notanish shaxs kamzulni qaytarishidan umidvor.