English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerikada yaratilgan robot-assistent Ostonada beshta murakkab amaliyot o‘tkazdi
18:32 / 2023-12-05

Qozog‘istonda akademik N.D.Batpenov nomli travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi shifokorlari Rossiyalik biomuhandislar bilan birga robot-assistent yordamida bo‘g‘imni almashtirish bo‘yicha beshta murakkab tibbiy amaliyot o‘tkazdi, deb yozdi “Qozog‘iston haqiqati”.

Shifokorlar aytishicha, bemorlar artrozning so‘nggi bosqichida paydo bo‘ladigan, harakatlanish qiyin, hatto imkonsiz bo‘lgan bo‘g‘imdagi og‘riq va zo‘riqishdan aziyat chekkan.

Mazkur opreatsiyalar uchun atayin Amerikada ishlab chiqarilgan noyob robotlashtirilgan tizim olib kelindi. Shikastlangan sohani 3D skanerlash orqali robot xirurg bilan birga barcha parametrlarni matematik aniqlikda hisoblab, yasama azo o‘rnatdi.

– Robot texnikasi yasama a’zoni ma’lum burchak ostida o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan benuqson kesishni amalga oshira oladi, – deydi endoprotezlash bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Kayrat Ashimov. – Implant mukammal o‘rnatilganda amaliyot vaqtida shikastlanish va asorat rivojlanishi xavfi kamayadi, og‘riq tezda o‘tib ketadi, bo‘g‘imdagi harakat amlitudasi oshadi. Bu jarayon bemorda og‘riq hissini kamaytirish hamda tayanch-harakat tizimi qobiliyati tiklanishi muddatini qisqartirishga yordam beradi.

Endoprotezlash bo‘g‘imni sun’iy implantga almashtirish bo‘yicha dunyoda eng ko‘p tarqalgan amaliyotlardan biridir.

Aziza Halimova, O‘zA