Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika savdo palatasi prezidenti bilan muzokara to‘g‘risida
18:44 / 2020-11-06

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov mamlakatimizdagi Amerika savdo palatasi (Am Cham) prezidenti Xugo Minderxud bilan uchrashdi.

O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi 1997 yili mamlakatimizda yashayotgan va faoliyat yuritayotgan xorijiy biznes vakillari tomonidan tashkil etilgan notijorat mustaqil uyushma bo‘lib, AQSH, Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi kompaniyalari rahbarlarini birlashtiradi.

Uchrashuv chog‘ida pandemiya sharoitida mamlakatda loyihalarni amalga oshirib kelayotgan va faoliyat olib borayotgan xorijiy investorlar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar investitsiya jalb etish va tadbirkorlikni, jumladan, xorijiy investitsiya orqali rivojlantirishning muhim omili sifatida davlat va xususiy sektor o‘rtasida doimiy, samarali muloqotni ta’minlash muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, har qanday mamlakatda investitsiyaviy muhitning asosiy tarkibiy qismi davlat tomonidan global iqtisodiy beqarorlik sharoitida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladigan e’tibor ekani alohida ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, xorijiy ishbilarmonlar hamjamiyati vakillarini pandemiya sharoitida biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning joriy etilgan mexanizmlari haqida keng xabardor qilishga, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investorlarga amaliy yordam berishga qaratilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Amerika savdo palatasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlik istiqboli ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish va mamlakatdagi xorijiy korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika Hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida AQSH va boshqa mamlakatlar kompaniyalarini xabardor qilish maqsadida birgalikda veb-anjuman tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.