Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy terma jamoasi
17:08 / 2026-03-10

AQSH ayni vaqtda FIFA reytingida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Joriy yilning iyun va iyul oylari oralig‘ida AQSH, Meksika va Kanada Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Turnirning "D" guruhida mezbon AQSH, Avstraliya, Paragvay va pley-off bosqichi g‘olibi joy olgan. AQSH terma jamoasi bilan yaqindan tanishamiz.

AQSH milliy terma jamoasi tarixi

Amerika Qo‘shma Shtatlari futbol federatsiyasi 1913-yilda tashkil topgan. Oradan 1-yil o‘tib FIFAga a’zo bo‘lgan. 1961-yildan boshlab KONKAKAF tashkil etadigan turnirlarda muntazam tarzda ishtirok etib kelmoqda. Terma jamoa o‘zining ilk rasmiy uchrashuvini 1916-yilda Stokgolmda Shvetsiyaga qarshi o‘tkazib, 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Tarixdagi eng yirik g‘alabasiga 2008-yilda Barbadosga qarshi o‘yinda erishgan 8:0. Eng yirik mag‘lubiyatni esa Norvegiyadan qabul qilib olgan 11:0. AQSH ayni vaqtda FIFA reytingida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Jahon chempionatlaridagi ishtiroki

AQSH milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar 10 marta Jahon chempionatida ishtirok etgan. Ular 1930-yilda ilk bor o‘tkazilgan JCHda debyut qilgan. Ushbu turnirda ular bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Bu natija hozirga qadar AQSH futbolida mundiallardagi eng yaxshisi bo‘lib qolmoqda. So‘nggi bor 2022-yilda Qatar mezbonlik qilgan Jahon chempionatida AQSH terma jamoasi nimchorak finalda turnir bilan xayrlashgan. Ular guruh bosqichida Angliya, Uels va Eron bilan bahs olib borgan va yakunda ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan. Nimchorak finalda esa Niderlandiyaga imkoniyatni boy berib turnir bilan xayrlashgan.

Eng yaxshi futbolchilari

AQSH terma jamoasi tarixida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchi Kobi Jons hisoblanadi. U amerikaliklar safida 164ta uchrashuvda maydonga tushgan. Eng yaxshi to‘purarlar esa Lendon Donavan hamda Klint Dempsiy sanaladi. Har ikki futbolchi ham o‘z hisobiga 57ta gol yozdirib qo‘ygan. Ayni vaqtda ASHQ terma jamoasida Serjino Dest, Veston Makkeni, Timoti Vea, Jovanni Reyna, Kristian Pulishich, Florian Balogun kabi yulduzlar to‘p tepadi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH mundialdagi ilk uchrashuvini 12-iyun kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi. 2-turda 19-iyun kuni Avstraliyaga qarshi maydonga tushsa, so‘nggi turda 25-iyun kuni pley-off g‘olibi sifatida JCHda ishtirok etuvchi jamoa bilan bahs olib boradi.