English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika olimlari shokoladning yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi
14:40 / 2021-03-01

Shokolad insonning yurak-qon tomirlari tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Amerikaning Beylor kolleji olimlari tadqiqot o‘tkazib shunday xulosaga kelishdi.

European Journal of Preventive Cardiology jurnalida e’lon qilingan ushbu maqolada mutaxassislar 300 ming bemorning ma’lumotlarini tahlil qilgani aytiladi. Natijada olimlar shokolad iste’moli bilan koronar kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashgan.  

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shirinlikni hech bo‘lmaganda haftasiga bir marta iste’mol qilgan odamlarda yurak ishemik kasalligi bilan xastalanish xavfi boshqalarga nisbatan sakkiz foizga kam kuzatilar ekan.

Tadqiqotchilar shokoladning foydali xususiyatlarini tilga olganda unda stearin kislotalari, flavonoidlar va yarimfenal kabi yurakni mustahkamlovchi hamda “yaxshi” xolesterin darajasini oshirishga yordam beruvchi elementlar mavjudligiga e’tibor qaratishgan.

Olimlarning eslatishicha, shokoladni faqat kam-kam iste’mol qilish lozim. Shokoladni ko‘p iste’mol qilish semirish va ikkinchi toifali qand diabeti kasalligini orttirib olishga sabab bo‘lishi mumkin.