Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika maktablarida elektron sigaretalarga ruju qoʻyish haddan ortib ketgan
15:10 / 2018-11-12

AQSH sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi huzuridagi oziq-ovqat va dori-darmonlar nazorati boshqarmasi boshligʻi Skott Gotlib kelgusi haftada AQSH boʻylab xushboʻyli elektron sigaretlarning sotilishi taqiqlanishini eʼlon qiladi.

The Washington Post gazetasining xabariga koʻra, mamlakatda oʻsmirlar orasidagi kashandalikning ortib ketishi tufayli hukumat shunday chora koʻrishni rejalashtirgan. Boshqarma, shuningdek, savdo jarayonida xaridorning voyaga yetgan-yetmaganini aniqlash uchun hujjatlar tekshiruvini joriy qilishi ham mumkin. Gotlibning aytishicha, amerika maktablarida elektron sigaretalarga ruju qoʻyish haddan ortib ketgan, hukumat esa “bu bilan murosa qila olmaydi”.