Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika bozoridagi Rossiyaning barcha energiya tashuvchilariga taqiq qo‘yilmoqda
20:21 / 2022-03-18

AQSH respublikachilar partiyasining senatorlari Rossiyadan uran importiga taqiq qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqishga taqdim etdi.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hujjat mualliflaridan biri, Vayoming shtatidan senator Jon Barrasso: “Amerika bozoridagi Rossiyaning barcha energiya tashuvchilariga taqiq qo‘yish vaqti yetdi. Bu mablag‘lar harbiy amaliyotlarga yo‘naltirilayotganini bilamiz.

Rossiya nefti, gazi va ko‘miriga qo‘yilgan taqiq muhim, lekin oxirgisi emas”, dedi Barrasso. Respublikachining ta’kidlashicha, Rossiya uraniga taqiq qo‘yilishi nafaqat harbiy amaliyotlarga moddiy ko‘makni to‘xtatadi, balki AQSHda uran ishlab chiqarishga rag‘bat ham beradi.