Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amerika aviakompaniyasi 6 yoshli yo‘lovchini adashib boshqa shaharga jo‘natib yubordi
14:16 / 2023-12-25

Bu hol tabiiyki, belgilangan manzilda bolani kutib turgan yaqinlarining qattiq xavotiriga sabab bo‘ldi.

Bola ota-onasiz aviakompaniya xodimi kuzatuvida parvoz qilib,  hayotida ilk bor havo transportida safarga chiqqan bo‘lgan.  

“Men samolyotga yugurib borib, styuardessadan nevaram qani, uni sizga Filadelfiyada berib yuborishgan edi”, deb so‘radim. U “yo‘q bola men bilan uchmadi”, deb javob berdi, - deya hikoya qiladi bolaning buvisi Mariya Ramos mahalliy  “Wink TV”telestansiyasiga bergan intervyusida.  

Aniqlanishicha,  6 yoshli bola Fort-Mayersga emas Orlandoga jo‘natib yuborilgan. Buvisi uni kutib olish uchun 250 kilometrlik masofani bosib kelgandi.  

“Spirit Airlines” aviakompaniyasi yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun uzr so‘rab, bo‘lgan voqea bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi va jabrlanganlarga xarajatini qoplash uchun  tovon to‘lashga va’da berdi.