Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amazon 16 000 xodimini bo‘shatmoqda
19:00 / 2026-01-29

“Amazon” korporatsiyasi tuzilmada 16 000 ish o‘rni qisqartirilganini tasdiqladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi. Shu tariqa oktyabr oyidan buyon bo‘shatilganlar soni taxminan 30 000 nafarga yetdi. Tarkibni ixchamlashtirish davo etishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.

Korxona rahbariyati ma’lum qilishicha, ushbu jarayon bosh direktor Endi Jessining samaradorlikni oshirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish va samarasiz yo‘nalishlardan voz kechish siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda “Amazon” qolgan barcha jismoniy savdo formatlari – “Fresh” oziq-ovqat do‘koni va “Go” marketlari yopilishini e’lon qildi. Shuningdek, kaft orqali to‘lsh imkonini beruvchi “Amazon One” biometrik tizimidan ham voz kechilayotgani aytildi.

Ehtimol, 30 000 kishi tark etayotgani 1,58 millionlik jamoa uchun ko‘p emasdir. Baribir, korporativ xodimlarning qariyb 10 foizini tashkil qiladigan bu miqdor “Amazon” tarixida bir yo‘la qisqartirish bilan bog‘liq eng salmoqli udush hisoblanadi.

Inson resurslari bo‘yicha rahbar Bet Galleti bu qaror bilan tashkiliy qatlamni qisqartirish, mas’uliyatni oshirish va byurokratiyani bartaraf etish maqsadi ko‘zlanganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayrim bo‘limlarda tuzilmaviy o‘zgarishlar davom etadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu jarayon sun’iy intellekt texnologiyalari jadal joriy etilayotganiga ham bog‘liq. Kompaniya rahbariyati avvalroq SI vositalari keng qo‘llanishi natijasida ayrim vazifalar avtomatlashtirilishi, natijada ish o‘rinlari qisqarishi mumkinligini bildirgandi.

Darvoqe, mazkur xabarlar ortidan kompaniya aksiyalari 2,1 foiz pasaygan.

D.Hakimov, O‘zA