Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tagan talabalar ishga qabul qilinadi
07:31 / 2022-04-25

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 4 mart kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tegishli mutasaddilarga bir qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Energetika va mehnat muhofazasi” fakultetining 50 nafardan ortiq talabalari “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Soha yetakchi mutaxassislarining oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan birgalikdagi uchrashuvi tashkil etildi. 

Dastlab issiqlik elektr stansiyasiyalari hamda “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi” haqida hikoya qiluvchi videotaqdimot o‘tkazildi. Mamlakatda issiqlik energetikasining hozirgi holati, jahon energetikasi taraqqiyoti tendensiyalari, yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

– Tadbir yakunida soha mutaxassislari tomonidan ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining bevosita ishtirokida to‘rtinchi bosqich talabalari uchun test sinovlari, uchinchi bosqich talabalari uchun esa suhbat o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, elektr stansiyasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga jalb qilinadigan to‘qqiz nafar talaba saralab olindi,  –  deydi “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi” unitar korxonasi mas’ul xodimi Ravshan Mirsaidov. – Darvoqe, amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar korxonaga ishga qabul qilinadi. Institutning energetika ta’lim yo‘nalishi fakulteti bilan kelgusidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldik.

 

Oqilxon Dadaboyev,
O‘zA muxbiri