Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy tayyorgarlik – fuqarolar hayotini saqlashda asosiy omil
16:16 / 2025-10-23

Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" davomida yuqori qavatli turar joylarda navbatdagi amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida aholiga zilzila vaqtida binoni xavfsiz tarzda tark etish, yuqori qavatlarda qolib ketganlarni maxsus avto narvonlar yordamida evakuatsiya qilish hamda jabrlanganlarga tezkor birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotlari batafsil o‘rgatildi. Ishtirokchilar amaliyotda turli ssenariylar, jumladan og‘ir sharoitda qutqaruv va evakuatsiya jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Sirdaryo viloyat FVB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan  Davronbek Sulaymonovning ta’kidlashicha, bunday amaliy mashg‘ulotlar nafaqat qutqaruv xizmatlarining jangovar tayyorgarligini oshiradi, balki fuqarolarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.  

–  Har bir bino va har bir oilada aholi zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlar jarayonida fuqarolarning amaliyotda qatnashishi ularning xavfsizlik madaniyatini oshirish va jamoaviy mas’uliyat ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, tayyorgarlik va amaliy ko‘nikmalar aholining hayoti uchun ahamiyati katta. Mashg‘ulotlarda ishtirok etish har bir fuqaroga favqulodda vaziyatda qanday harakat qilishni o‘rgatadi va ehtimoliy talafotlarni kamaytiradi, – deydi D. Sulaymonov.

Mashg‘ulotlar nafaqat texnik va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki jamoaviy mas’uliyat va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Bu esa aholi xavfsizligini ta’minlash va talafotlarni kamaytirishda asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri