Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy sinov maydonlari tashkil etiladi
16:42 / 2026-02-20

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot natijalarining xo‘jaliklarga yetarlicha tatbiq etilmayotgani, ayrim hollarda ushbu ilmiy natijalarni joylarda amaliyotga joriy etishda uzilishlar kuzatilayotgani, laboratoriya tahlillari natijalari asosida aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish lozimligi borasida so‘z bordi.

Ilmni amaliyotga tatbiq etish bu faqatgina tavsiya berish emas, balki natijaga yo‘naltirilgan tizimli faoliyat ekani, tuproqshunoslik sohasida olib borilayotgan har bir ilmiy tadqiqot yer unumdorligini saqlash va oshirishga, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish so‘ngida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy sinov maydonlarini tashkil etish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda tajriba maydonlarini yaratish kabi istiqbolli vazifalar belgilandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA