Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy seminar
22:29 / 2025-11-25

Toshkent shahridagi “Wyndham” mehmonxonasida Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan O‘zbekistonda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonlariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda “O‘zsuvta’minot”AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev, kompaniyaning moliya va iqtisodiyot bo‘limlari mutaxassislari, shuningdek, hududiy suv ta’minoti korxonalarining iqtisodchi va buxgalterlari ishtirok etdi.

Seminar davomida xalqaro ekspert va konsultantlar tomonidan MHXSga o‘tishning metodologik asoslari, amaliyotda qo‘llaniladigan yondashuvlar, shuningdek, jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlariga oid takliflar taqdim etildi. Mutasaddilar uchun hisobotlarni to‘g‘ri transformatsiya qilish, hisob siyosatidagi o‘zgarishlar, aktiv va majburiyatlarni baholash, moliyaviy axborotni xalqaro andozalarga muvofiq shakllantirish kabi yo‘nalishlarda amaliy misollar keltirildi.

– Tadbirning asosiy maqsadi milliy suv ta’minoti sohasida moliyaviy shaffoflikni oshirish, hisobotlar sifatini xalqaro talablarga moslashtirish va korporativ boshqaruv samaradorligini kuchaytirishdan iborat, – deydi “O‘zsuvta’minot”AJ bo‘lim boshlig‘i Jumaniyoz Nazarov. – Bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlash, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda investorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

Seminar yakunida ishtirokchilar MHXSga o‘tish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlab, bu sohadagi yangicha yondashuvlar va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Nilufar Bozorova, O‘zA