Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy seminar: yangi tizim, yangi jamoa vakillari vazifalarini belgilab oldi
13:07 / 2022-03-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat boshqaruv akademiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman, shahar hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlar faollarini tanlash, saralash va faoliyati samaradorligini baholash (KPI), farmon va qarorlar ijrosi asosida – oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga doir masalalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

– ZOOM platformasi orqali tashkillashtirilgan seminarda oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida so‘z bordi, – deydi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali yetakchi inspektori Z.Beknazarov. – Shuningdek, 2030 yilga qadar mamlakatimiizda gender tenglikka erishish strategiyasi doirasida – gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari va mahalladagi xotin-qizlar faollari lavozimiga ochiq tanlovlar o‘tkazish amaliyoti tahliliga ham to‘xtalib o‘tildi.

[gallery-6361]

Ayni paytda joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatidagi 299 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlariga xotin-qizlar faoli lavozimi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning dastlabki saralash bosqichi davom ettirilmoqda.

Seminarda hududiy boshqarma vakillari, tuman, shahar hokimlarining o‘rinbosarlari – oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA