Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy o‘quv – tezkorlikka da’vat qiladi
12:34 / 2025-06-12

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Romitan” gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz ta’minoti filiali hamda Romitan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning 20 may kunidan 20 iyun kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida amaliy o‘quv tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan mas’ullar aholiga suyultirilgan gazni xavfsiz yetkazish hamda favqulodda holat yuzaga kelganda zudlik bilan uning oldini olish ishlariga e’tibor qaratildi. Maxsus taktik o‘quv mashqlari dastlab favqulodda vaziyatlarda harakat qilish xizmatlari hamda o‘tkazilayotgan o‘quv mashqi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi. 

Shundan so‘ng ob’ektda shartli favqulodda holat yuzaga keldi. Maishiy gaz ballonni suyultirilgan gazga to‘ldirish davomida xodimning hushdan ketish jarayoni kuzatildi. Zudlik bilan tez yordam ko‘rsatildi, tuman Tez tibbiy yordamga murojaat qilindi. Tez tibbiy yordam vakillari kelib, xodimga amaliy yordam ko‘rsatdi. Shartli ravishda tashkil etilgan favqulodda vaziyatda jabrlangan xodim qutqarildi.

Tadbir davomida xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratildi, tushuntirishlar berildi. Nafaqat oylik doirasida, balki yil davomida xavfsizlikka e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi. Hamkorlikda o‘tkazilayotgan o‘quvda oylik mohiyatini keng anglash, ob’ektda yong‘inga sabab bo‘ladigan har qanday omilni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.