Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy ishlar yanada takomillashadi
09:20 / 2023-05-23

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Ijtimoiy sheriklik komissiyasi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi a’zolari, O‘zbekiston nogironlar, ko‘zi ojizlar, karlar jamiyatlari hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari hamda Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari hodimlari qatnashdi.

Yig‘ilishni Ijtimoiy sheriklik komissiyasi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi Abira Huseynova boshqardi. Dastlab 2023 yil Davlat granti ajratish bo‘yicha birinchi va ikkinchi tanlov g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi. 
Ta’kidlanishicha, 2023 yilning 15 fevralidan 31 martigacha bo‘lgan muddatda e’lon qilingan davlat granti 1- va 2- tanlovlariga taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqildi. 
– “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish” mavzusidagi birinchi davlat granti hamda “Mahallalarda obodlikni ta’minlash, tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusidagi ikkinchi davlat granti tanlovlari o‘tkazildi, –deydi viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari, ishchi guruhi rahbari Hamid Beshimov. – 2023 yil 15 fevraldan 31 martgacha o‘tkazilgan ushbu tanlovlarga 18 ta nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 19 ta loyihalar taqdim etildi. 
Komissiya a’zolari 7 ta loyihaning g‘olibligini e’lon qildi. Shuningdek, mazkur loyihalar 50 million so‘mdan jami 349.7 million so‘mga moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Shundan so‘ng, komissiya tomonidan milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston ngironlar, ko‘zi ojizlar, karlar jamiyatlari hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari hamda Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining 2023 yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Prezidentimizning 2022 yil 29 apreldagi qarori asosida 2023 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari hisobidan O‘zbekiston nogironlar, ko‘zi ojizlar, karlar jamiyatlari hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etildi. Ushbu qaror ijrosi ta’minlanib, mazkur tashkilotlarga ajratiladigan mablag‘lar tegishli tartibda viloyat moliya boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Shunga asosan 2023 yilda O‘zbekiston nogironlar jamiyati ish haqi xarajatlariga 650,4 million so‘m, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati ish haqi xarajatlariga 1319,7 million so‘m, O‘zbekiston karlar jamiyati ish haqi xarajatlariga 106,3 million so‘m hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining Buxoro viloyati bo‘linmalari ish haqi xarajatlariga 106,3 million so‘m jami 2228,6 million so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining 2023 yil 22 fevraldagi 12-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Savdo-sanoat palatasi ish haqi xarajatlariga 4014,0 million so‘m va milliy madaniy markazlar uchun 487, 2 million so‘m mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan viloyat jamoat fondiga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda ushbu tashkilotlar bilan tegishli tartibda “Davlat subsidiyasini ajratish to‘g‘risida” gi shartnomalar izolandi. Bundan tashqari, mazkur tashkilotlarning 2023 yildagi chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.

[gallery-11998]
Yig‘ilishda Ijtimoiy sheriklik komissiyasi tomonidan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish hamda yo‘naltirilgan mablag‘larni maqsadli ishlatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ushbu tashkilotlar bilan birga kelgusidagi vazifalar belgilandi. Bayon etilgan fikr va mulohazalarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy sheriklik komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. 

Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA