Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy ishlar samarasi: 6 ming 733 nafar o‘g‘il-qizlar yoshlar daftaridan chiqarildi
05:43 / 2022-07-29

Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatidagi 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchilari tayinlandi. Yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini baholashning (KPI) reytingiga ko‘ra mahallalar qizil, sariq va yashil hududlarga ajratildi.

Viloyatdagi barcha yoshlar yetakchilariga xizmat xonalari ajratildi. Bundan tashqari, yoshlar yetakchilarining samarali faoliyat olib borishi uchun mebel jihozlari, planshet hamda kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi. Barcha mahallalarda yoshlar yetakchisi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni kunlik muvofiqlashtirib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Tuman va shaharlar bo‘yicha 16-30 yosh bo‘yicha jami 427 ming 938 nafar yoshlar xatlovdan o‘tkazildi. 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar balansi to‘liq shakllantirildi.

– Joriy yilning olti oyi davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha doimiy tadbir va loyihalar tashkil etilmoqda, – deydi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov. – O‘tgan davr mobaynida 20 ming 470 ta tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda 521,7 ming nafar yoshlar qamrab olindi.

[gallery-8063]

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari, sport turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbir va loyihalar uchun har bir mahallani zarur inventarlar bilan ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan 6 million 580 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘ga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi, stol tennisi komplekti, futbol to‘pi, futbol formasi, voleybol to‘pi, basketbol to‘pi, shaxmat, shashka, badminton va boshqa kerakli jihozlar olib berilgan.
– Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etish maqsadida mahallalar kesimida shakllantirilgan “Yoshlar balansi” asosida “Yoshlar daftari” tizimi joriy etilgan bo‘lib, o‘rganishlar natijasida “Yoshlar daftari”ga 7 ming 220 nafar yoshlar kiritildi, – deydi boshqarma boshlig‘i Shavkat Rahmonov. – Kasb-hunar o‘rgatish, imtiyozli kreditlar, yer maydonlari va subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash natijasida 2022 yil 5 iyul holatida 6 ming 733 nafar yoshlar daftardan chiqarildi. Xususan, 78 nafar yoshlar ishga joylashtirildi. 54 nafar yoshlarga kredit va 1 ming 675 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratildi. 8 nafar yosh hunarmandlarga biriktirildi. 1 ming 680 nafar yoshlarga mehnat qurollari xaridi uchun hamda 141 nafar yoshga ijara xarajati uchun subsidiya ajratildi. 1 ming 737 nafariga turli ijtimoiy yordamlar (kontrakt to‘lovi, tibbiy xizmat, psixologik xizmat, turar joy ijarasi va h.k) ko‘rsatildi. 329 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun 116 nafariga haydovchilik kurslariga o‘qitish xarajatlarining bir qismi to‘lab berildi. 915 ta boshqa masalalarda ishlar amalga oshirildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, viloyatda yoshlar muammolari va murojaatlari bilan ishlashning yangicha mexanizmi joriy etilgan. “Yoshlar daftari”ga kirish uchun 11 ming 902 ta onlayn murojaatlar kelib tushgan. Shundan 6 ming 135 ta arizalar tasdiqlangan. 5 ming 479 tasi rad etilgan. Qolganlari o‘rganish jarayonida.
 

Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA