Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda
09:55 / 2023-05-27

“Qoradori – 2023” keng ko‘lamli tezkor tadbirlar davomida Buxoroda to‘rtta holatda giyohvandlik vositalarini ekib yetishtirish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro viloyatida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tezkor surishtiruv hamda kompleks profilaktik tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Viloyatga kirish-chiqish hamda tumanlararo chegara maskanlarida alohida kuzatuv postlari tashkil etilgan. Giyohvand hamda psixotrop moddalarning respublika, viloyat va mahallalarga kirib kelishi, qonunga xilof ravishda ekib parvarishlash, tayyorlash va sotish bilan bog‘liq jinoiy holatlarni fosh etish maqsadida tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

Jumladan, G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida tumanning Ko‘lijabbor mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro A.T.ning xonadoni va yordamchi xo‘jaligidagi ekin yerlari ko‘zdan kechirildi. Tomorqada 1 tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelinayotgani aniqlandi.  

Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning Yangibozor mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro A.G. tomorqasida 6 tup “Kannabis” o‘simligi yetishtirayotgani fosh etildi.  

Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida tumanning Qavola Mahmud mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro D.H. yashash xonadonining tomorqa yerida 18 tup “Kannabis” o‘simligini yetishtirib kelayotganligi, shuningdek, yana xuddi shu tumanning Shergiron mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro X.S. ning tomorqa yerida ham 18 tup “Kannabis” o‘simligi parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA