Bugungi yig‘ilishda Prezident yana bir bor Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelganini qayd etdi.
Mas’ullarga tez fursatda tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1 aprelgacha kiritish bo‘yicha jiddiy topshiriq berdi. Loyihada noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini aks ettirishni ham o‘ylash zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur masala nafaqat milliy, balki xalqaro-huquqiy nazardan ham muhimdir. Chunki O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Konvensiyaning 20-moddasida har bir ishtirokchi Davlat, o‘z konstitutsiyasi va huquqiy tizimining eng muhim prinsiplarida noqonuniy tarzda boylik orttirilishi uchun javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan.
Konvensiyaga muvofiq, noqonuniy tarzda boylik orttirilishi deganda, mansabdor shaxsning aktivlari uning qonuniy daromadlaridan oqilona asoslanib berila olmaydigan darajada oshib ketishini tushunish kerak.
Mazkur norma shuni anglatadiki, davlat xizmatchisi daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak bo‘ladi, agar asoslab berolmasa, javobgar bo‘ladi.
O‘zA