AMALDAGI O‘ZGARGAN OVQATLANISH FONIDAGI TEKSHIRUVCHILARDA S VITAMINI ALMASHINUVI XOLATI
Ilxom Haqnazarovich SHOVALIEV tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy izlanuvchi Toshkent Davlat stomatologiya instituti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada funksional ovqatlanish mahsulotlaridan foydalanib, organizmda vitamin S ushlab qolinish darajasining ortishi va uning yetishmovchilik darajasini to‘ldirish samaradorligini baholash natijalari keltirilgan.
Izlanishlar vitaminlarga boy bo‘lgan mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan “Tishlarni mustahkamlash uchun aralashma” hamda “Profilaktik ovqatlanish uchun aralashma” funksional ovqatlanish mahsulotlarini qabul qilgan talabalar organizmida Vitamin S miqdorining oshishi va vitamin Sni peshob bilan chiqarib yuborilish darajasining kamayishiga olib kelishi isbotlab berilgan.
Tayanch so‘zlar: Vitamin S, funksional ovqatlanish mahsulotlarini qabul qilinishi va organizmdan chiqarilishi, talabalar