Alyaskada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
AQSH Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, Alyaska shtatida 7 magnitudali yer qimirlashi yuz bergan. Zilzila markazi shtatning janubi-sharqiy qismidagi Yakutat hududida joylashgan.
Voqeadan bir soat o‘tgach, xuddi shu hududda 4,7, va 4,1 magnitudali uchta yer silkinishi qayd etildi.
Jarohatlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozircha xabar berilmagan.
G.Sattorova, O‘zA