Nyu-York universiteti neyrobiologlari tomonidan Alsgeymer kasalligining yangi sababi topildi.
Olimlarning fikricha, hamma gap bosh miya neyronlaridagi hujayra bo‘laklari ajralib chiqishining buzilishi bilan bog‘liq. Tadqiqot natijalari Nature Neuroscience ilmiy jurnalida chop etildi.
Olimlar neyrodegenerativ kasalliklariga moyilligi aniqlangan tajriba sichqonlarining miya namunalarini tahlil qildi. Mutaxassislar shuningdek, bir nechta inson miyasi namunalarini ham o‘rgandi.
Tadqiqotchilarni lizosomalar kislotalik darajasini qanday yo‘qotishi, hajmining kattalashishi hamda hujayra qoldiqlarini harakatga keltiradigan vakuloalar – amiloid oqsillar va boshqa keraksiz chiqindi zarralari bilan qo‘shilib ketishi qiziqtirdi.
Eng buzilgan neyronlarda vakuolalar yadro hujayrasi atrofida birlashmalarga aylanadi, olimlar ularni vizual tarzda gullarga qiyoslaydi. Ayrim shikastlangan neyronlarda amiloid toshmalar paydo bo‘lgan. Neyrobiologlarning fikricha, hujayralarning qoldiq qismlari ajralish tiziminining betartib ishlashi Alsgeymer kasalligining sababi hisoblanadi. Kelgusida tadqiqotchilar qo‘shimcha tajriba o‘tkazishni rejalashtirgan.
Roman BONDARCHUK, O‘zA