Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Alpomish” va “Barchinoy” testlarini oʻtkazish Sariosiyodan boshlandi
08:30 / 2019-05-02

Yurtimizda ilk marotaba ushbu test sinovlari Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan boʻlgan Sariosiyo tumani aholisi oʻrtasida oʻtkazildi.


Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport meʼyorlarini oʻz ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgandi.

Oʻtgan davr mobaynida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan ushbu testlarni toʻgʻri tashkil etish, ishtirokchilarning ommaviyligini taʼminlash boʻyicha hududiy boʻlinmalarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Yurtimizda ilk marotaba ushbu test sinovlari Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan boʻlgan Sariosiyo tumani aholisi oʻrtasida oʻtkazildi.

122.jpg

Ommaviy sport tadbirida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, aholining keng qatlami oʻrtasidagi musobaqalarni tashkil etish jarayonini sinovdan oʻtkazdi.

Musobaqa tarzida tashkil etilgan testlarni 6 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan 100 nafarga yaqin xohlovchilar turli yosh toifalari boʻlingan holda bajarishdi. Masalan, eng yosh ishtirokchilar yugurish, arqonda sakrash, tennis toʻpini nishonga urish, turgan joyidan uzunlikka sakrash kabi mashqlarni bajargan boʻlsa, 60 yoshdan oshganlar 30 yoki 60 metrga yugurish, 3 kilometrga skandinavcha yurish, turnikda tortilish kabi shartlarda oʻz omadini sinab koʻrdi.

Bayramona va koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan tadbirda ishtirokchilar har bir shart boʻyicha eng yaxshi natijani qayd etishga astoydil harakat qilishdi.

Mazkur tadbirni oʻtkazishda orttirilgan tajriba va ishtirokchilarning takliflari asosida musobaqalarni tashkil etish jarayoni takomillashtirilib, barcha hududlarda oʻtkazish yoʻlga qoʻyilmoqda.

123.jpg