“Alpomish” dostonida yetakchi ayollar: Barchin va Qaldirg’och obrazlarining qiyosiy tadqiqi
Shohinur RAHMATALIYEVA tayanch doktorant O‘zbekiston Rеspublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: shohinurraxmataliyeva@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Alpomish” dostonining yetakchi ayol obrazlari va ularning epik faoliyati tahlil etiladi. Ularning epos strukturasidagi o’rni, bosh qahramonga tayanch va ko‘makchilik vazifalariga keng urg’u beriladi.
Tayanch so‘zlar: “g’ayritabiiy homila”, alp, tayanch va ko‘makchi, kurash motivi, alp ayol, onalik maqomi, alpning harakatga keltiruvchi kuch.