Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alp tog‘ida halok bo‘lganlar ro‘yxati o‘zgardi
17:33 / 2023-04-10

“Euronews” xabariga ko‘ra, Monblan massivida yuz bergan qor ko‘chkisi qurbonlari soni besh nafarga yetdi. Yakshanba oqshomida yana bir marhumning tanasi favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan olib chiqilgan.

Avvalroq ikki yo‘lboshchi va ikki sayyohning jasadi topilgan edi. Ma’lumotga ko‘ra, tabiiy ofat hududida sakkiz kishi jabrlangan, bir kishi jiddiy tibbiy yordamga muhtoj.

Yakshanba kuni tushga yaqin tog‘-chang‘i majmuasi yon bag‘rida 1600 metr balandlikdan yarim kilometr kenglikda qor ko‘chkisi kuzatilgan. Fransiya matbuoti fojeani mavsumning eng ayanchli voqeasi sifatida talqin qilinmoqda.

Ko‘chki sababi o‘rganilyapti. Mahalliy hokimiyat vakillari dam olish kuni havo harorati keskin ko‘tarilganini qayd etgan.

O‘zA