Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Alp Texno Servis”ning eksport salohiyati ortmoqda
18:07 / 2023-02-28

FOTOREPORTAJ

Qarshi shahridagi “Buyuk Turon” kichik sanoati zonasida joylashgan “Alp Texno Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 120 ming dona televizor va monitor ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

JVC, TCL, Zimmer va boshqa brendlarning auditidan o‘tgan korxona mahsulotlari shu nomlar ostida tashqi bozorga chiqmoqda. O‘tgan yili 3 million AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan bo‘lib, joriy yilda bu ko‘rsatkich 6 million dollarga yetkazilishi ko‘zlangan.

Korxonada ayni paytda 70 ta ish o‘rni yaratilgan. Plata terish hamda plastik qismlar ishlab chiqarish tarmog‘i yo‘lga qo‘yilishi bilan yana 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA